Terakt natijasida halok bölganlar soni 133 nafarga yetdi — RF Tergov qömitasi
Terakt natijasida halok bölganlar soni 133 nafarga yetdi — RF Tergov qömitasi.
Rossiyada 24-mart — umummilliy motam kuni, deb eʼlon qilindi.
Bu kabi voqealar, qayerda va kim bilan bölişidan qatʼi nazar, nafaqat umummilliy motam, balki umumbaşariy motamga ham aylanişi kerak, deb hisoblayman.
Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida "Tinçlik va insoniyatning xavfsizligiga qarşi jinoyatlar" bob mavjud va unda bir qator jinoyatlar, jumladan terrorizm va terrorçilik harakatiga oid bir qança qilmişlar uçun javobgarlik belgilangan.
Bob nomidagi "insoniyat" sözining işlatilişi ham bejizga emas. Çunki terrorizm mohiyatan bir millat, bir davlat yoki bir guruh şaxslarga qaratilmaydi. Bu insoniyatga qarşi uruş, degani.
Biz ham uşbu mudhiş voqeani qoralagan holda, halok bölganlarning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.
Va öz navbatida Özbekiston bu teraktdan qanday xulosa olişi kerak, degan savollarni ham muhokama qiliş örinli bölar edi.
Eng avvalo, jamoat joylaridagi xavfsizlikka jiddiy eʼtibor beriş lozim.
Bunda albatta har qadamga 10 tadan qurollangan qöriqçi qöyib, har bir odamning sumkasiyu, çöntagigaça tekşiriş şartmas. Bunaqa qöpol va eskiça metodlar heç qanday samara bermaydi, xalq orasida behuda sarosima va qörquv tarqatgani qoladi, xolos. Ammo xavfsizlikning zamonaviy usullaridan, masalan, şubhali şaxslarni aniqlovçi aqlli kameralar, yirik savdo markazlariga kiraverişda zamonaviy rentgen uskunalari, favqulodda vaziyatlarda tezkor çoralar köriş uçun markazlaşgan xavfsizlik tizimlari, qisqa soniyalarda yetib kelişi mumkin bölgan doimiy şay maxsus kuçlar, avariya holatida odamlarni oson evakuatsiya qiliş mumkin bölgan tizim va h.k. Hali men bilmaydigan zamonaviy usullar ham tiqilib yotibdi. Bizda şunaqa tizimlar qoniqarli darajadami?
Bu savolga menda javob yöq.
Yana bir jihat: şu paytgaça umrimda hali biror marta favqulodda vaziyatlarda özini qanday tutiş mumkinligi haqidagi maxsus tadbirlarda qatnaşganimni eslolmayman. Nima uçun biz şunaqa tadbirlarni yetarli darajada ötkazmaymiz? Masalan, yonğin çiqqanda binodan qanaqa çiqib ketiş kerak, biz turgan binoga qurolli hujum bölganda özimizni qanday tutişimiz kerak, tabiiy ofatlar paytida nimalar qiliş mumkinu, nimalar mumkin emasligi haqida Özbekistonning har bir fuqarosi umrida heç bölmasa bir martagina amaliy maşğulotdan ötganmi? Bu savolga ham ijobiy javob beriş qiyin, oçiği.
Yoki aytaylik maktablar, oliy taʼlim muassasalarida biror favqulodda holat bölsa, öquvçi va talaba yoşlar özini qanaqa tutişni biladimi? Bu haqda biror könikma va tajribasi bormi? Ularga örgatganmizmi? Yoki buyoği özing uçun öl yetimmi?
Töğri, Allohga behisob, behisob, behisob şukrki, yurtimiz tinç, Vatanimizning qaysi burçagida bölmasin, jiddiy xavf sezmasdan tunu kun xotirjam yuramiz. Lekin bu beparvolikka sabab bölmasligi kerak, menimça.
Bu böyiça tegişli amaliy çoralar köriş foyda bölsa böladiki, lekin ziyon qilmaydi.
👉 @xushnudbek 👈
