Temurbeklar maktabi bitiruvçilariga alohida kvota berilişi eng avvalo ularning öziga foyda
Audio
0:00 / 4:48
Temurbeklar maktabi bitiruvçilariga alohida kvota berilişi eng avvalo ularning öziga foyda
#abituriyent
Bir neça yildan buyon Temurbeklar maktabi (TM) bitiruvçilariga qöşimça ball tarzidagi imtiyoz berilişini tanqid qilib kelganman. Buni köpçilik yaxşi biladi, ayniqsa şu maktabda işlaydigan, öqiydigan, bitirgan inson borki, meni ölgudek yomon körsa ham kerak. Hammaga yoqiş imkonsiz, asosiysi adolat tomonda bölaveriş kerak.
Xullas, nihoyat bizning tanqidlarimizni masʼullar ham eşitdi va joriy yilda TM bitiruvçilari uçun alohida kvota beradigan bölişdi. Yaʼni imtiyoz ball beriş tartibi qolaveradi, ammo eng muhimi endi TM bitiruvçilari boşqalarga xalaqit bermaydi, alohida qozonda böladi.
Buning bir neçta yaxşi tomonlari bor. Va agar yaxşilab tahlil qilinsa, uşbu özgariş eng avvalo TM bitiruvçilarining öziga foydali ekanligini köriş mumkin.
1️⃣ Birinçidan, TM bitiruvçilariga alohida kvota berilişi kiriş ballarini PASAYTIRADI! Çunki avvallari qöşimça ball tarzida imtiyoz olgan TM bitiruvçilari umumiy röyxatda bölardi va ball kötarilişiga ham sababçi edi. Ular umumiy röyxatdan çiqib ketgaç, öz-özidan ballar ham pasayadi. Bu hamma yönalişda emas, aynan TM bitiruvçilari köp topşiradigan yönalişlarda kuzatiladi.
2️⃣ Ikkinçidan, kiriş ballari pasayişi natijasida kamroq ball töplab, çiziqdan pastroqda bölgan va öqişga kira olmagan TM bitiruvçilarida ham talaba böliş imkoniyati paydo böladi.
3️⃣ Uçinçidan, TM bitiruvçilari uçun grant va kontraktda nazariy jihatdan çeksiz kvota berilyapti. Yaʼni ötiş balidan oşirgan BARÇA TM bitiruvçilari öqişga kiradi. 100 nafar bölsa ham, 200 nafar bölsa ham, farqi yöq. Şu sababli TM bitiruvçilari uçun alohida kvota eʼlon qilinmayapti, çunki çeklov yöq.
Avvallari TM bitiruvçilari ham çeklangan grant kvotasi doirasida hamma bilan birga kuraşar edi. Endi ularga çeksiz kvota beriladi.
4️⃣ Törtinçidan, grantga kirgan TM bitiruvçilari grantni 4 yilga oladi. Xabaringiz bor, endilikda grantlar 1 yilga beriladi va talaba yaxşi öqimasa, kontraktga ötadi. Bunda faqat bitta istisno bor, yaʼni imtiyozli qöşimça kvota bilan kirganlarga grant 4 yil muddatga ajratiladi, deyilgan. Avvalgi tizim bölganda edi, TM bitiruvçilari ham umumiy grantni olişardi va yaxşi öqimasa, kelasi yili kontraktga tuşişi mumkin edi. Endi esa yangi özgarişga köra, ularga alohida kvota ajratilgani hisobiga grantni 4 yil muddatga oladigan bölişdi.
Körib turganingizdek, uşbu özgarişlar eng avvalo TM bitiruvçilarining özi uçun foydali böldi.
P.S.: keça meni tanqidim uçun yomon körganlar, bugun rahmat aytib qöysa ham bölaveradi😉
👉 @xushnudbek 👈


