Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

Telegram endi jinoyatga aloqador şaxslarning maʼlumotlarini tegişli organlarga taqdim etadi

Matn24-sentabr, 2024, 19:341 daqiqa0 koʻrish

Telegram endi jinoyatga aloqador şaxslarning maʼlumotlarini tegişli organlarga taqdim etadi

Pavel Durovning maʼlum qilişiça, Telegram eng xavfsiz ilovalardan biri bölgani sababli undan jinoiy maqsadlarda foydalaniş holatlari uçraydi (narkotik, noqonuniy qurol-yaroğ savdosi, terror va hk).

Telegram maʼmuriyati endilikda şunday foydalanuvçilarning maʼlumotlari: ularning IP-manzillari va telefon raqamlarini rasmiy sörovga asosan tegişli organlarga taqdim etadi.

Maʼlumot uçun, Durov avgust oyida Fransiya huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikdan boş tortgani uçun qölga olinib, unga nisbatan “narkotiklar aylanmasi, bolalarga qarşi jinoyatlar va firibgarlik” ayblovlari eʼlon qilingandi. Keyinçalik u qöyib yuborildi, lekin Fransiyani tark etmasligi belgilandi. Buning uçun Durov 5 mln yevro garov puli qöyişi va haftasiga ikki marta politsiyaga kelib turişi zarur edi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek