Kiberxavfsizlik tizimi haqida
Kiberxavfsizlik tizimi haqida
Telegram asosçisi Pavel Durov yozişiça, kompaniya 2018-yildan buyon jinoyatçilarning IP manzillari va telefon raqamlarini tegişli davlatlarning huquqni muhofaza qiluvçi organlariga beriş amaliyotini yölga qöygan. Durovning Fransiyada hibsga olinişi bilan boğliq voqeadan keyin, bu masalaga yanada jiddiy qaraş boşlangan.
Masalan, 🇧🇷Braziliyada 2024-yilning 1-çoragida (yanvar-mart) 75 ta, 2-çoragida 63 ta va 3-çoragida 65 ta huquqiy sörov böyiça maʼlumotlar oşkor qilingan. 🇮🇳Hindistonda esa huquq organlarining 1-çorakda 2 ming 461 ta, 2-çorakda 2 ming 151 ta va 3-çorakda 2 ming 380 ta qonuniy talablari qondirilgan.
Yevropada ham 3-çorakda qonuniy sörovlar soni oşgan.
Telegram taqdim etgan statistikaga qaralsa, 🇺🇿Özbekiston tomoni Telegramga 2024-yil davomida bironta asosli rasmiy sörov yubormagan, yoki yuborgan bölsa ham, birontasi qanoatlantirilmagan. Bu degani Özbekistonda Telegram bilan boğliq jinoyatlar bölmayapti deganimi? Yöq, albatta, tiqilib yotibdi.
Narkotik moddalar sotuvi deysizmi, odam savdosiyu pornografik mahsulotlar deysizmi, firibgarlik holatlari deysizmi, juda köp. Şunçaki aksariyat hollarda uşbu jinoyatlarga oid Telegramdagi kanallar, guruhlar, profillar ortidagi insonlar oçilmasdan qolib ketaveradi. Çunki bu bilan jiddiy şuğullanadigan, töğri rasmiylaştirilgan qonuniy sörovlarni Telegramga yuboradigan taşkilot kerak. Boşqaça aytganda, kiberxavfsizlik xizmatlari jinoyatçilardan ham aqlliroq va zamonaviyroq bölişi şart va zarur.
Albatta, xakerlik yoki bosqinçilik usuli bilan kimningdir Telegramiga buzib kiriş şart emas, agar rostdan jinoyat alomatlari bölsa, unda rasmiy yöllar orqali ham jinoyatçilarning maʼlumotlarini qonuniy oliş mumkin.
👉 @xushnudbek 👈


