Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

«Taşabbusli byudjet»ga bağişlangan ovozli çatning töliq audiosi

Audio21-fevral, 2024, 21:44127 daqiqa0 koʻrish

“Tashabbusli byudjet” bo‘yicha muhokama

Xushnudbek.uz

0:00 / 126:11

"Taşabbusli byudjet"ga bağişlangan ovozli çatning töliq audiosi

Asosiy gaplar:

1️⃣ "1500 ta ovoz olsa, aniq ğolib böladi" degan qoida yöq. Ğoliblar tuman (şahar)ga ajratilgan mablağ doirasida eng köp ovoz olgan loyihalar böladi;

2️⃣ 2023-yilning 2-mavsumida 1500 dan ortiq ovoz olgan, lekin ğolib böla olmagan loyihalarga mablağ ajratilişi haqida heç qanaqa gap yöq. Boşqaça aytganda, ular ğolib bölmaydi, umidini uzib, yangi mavsumda qaytadan harakat qilib körişi kerak;

3️⃣ lekin 2023-yilda 1500 ovoz töplab, ğolib bölmagan ijtimoiy soha taşkilotlarini (boğça, maktab, şifoxona) jihozlaş böyiça loyihalar moliyalaştiriladi. Buning uçun 2024-yilgi Davlat byudjetida qariyb 200 mlrd söm mablağ közda tutilgan. Bu yerda gap faqat jihozlaş haqida ketmoqda, lekin quriliş yoki taʼmirlaş işlari uçun mablağ ajratilmaydi;

4️⃣ endilikda yuridik şaxs nomida bölgan sim-kartalar orqali ovoz berib bölmaydi. Sim-karta albatta jismoniy şaxs nomiga olingan bölişi kerak.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek