«Taşabbusli byudjet»da ovoz yiğişga majburlagan Qiziltepa hokimi örinbosari jarimaga tortildi
“Taşabbusli byudjet”da ovoz yiğişga majburlagan Qiziltepa hokimi örinbosari jarimaga tortildi
Bu haqda Odam savdosiga qarşi kuraşiş va munosib mehnat masalalari böyiça milliy komissiya maʼlum qildi.
Xabarda aytilişiça, Prokuratura va mehnat inspeksiyasi ötkazgan örganişda Qiziltepa hokimi örinbosari Ölmas Istamovning harakatlarida huquqbuzarlik aniqlanib, unga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 51-moddasi 1-qismi bilan jarima jazosi tayinlangan.
Aynan qança miqdorda jarima tayinlangani oşkor qilinmagan. Qonunda 17 mln sömdan 34 mln sömgaça jarima nazarda tutilgan.
Avvalroq Ölmas Istamov taşkilot rahbarlarini “Open budjet”da bitta taşabbusga ovoz töplaşga majburlagani aks etgan audio tarqalgan edi. U mazkur topşiriqni tuman hokimi berganini aytib, “plan”ni bajarmaganlarni işdan böşatib yuboriş bilan tahdid qilgan hamda taşkilot rahbarlarini noinsoflar, deya atagandi.
👉 @xushnudbek 👈


