Tarixni yöq qilgan özboşimçalik
Tarixni yöq qilgan özboşimçalik
Prokuratura va Davlat xavfsizlik xizmati organlari tomonidan örta asrlarga oid noyob madaniy meros obyekti buzilib, örniga uy-joy qurib yuborilgani aniqlandi.
Jumladan, Namangan viloyati, Yangiqörğon tumani Navkent mahallasida joylaşgan “Ördatepa” arxeologiya yodgorligining 0,03 gektar qismi fuqaro J.U. tomonidan hamda 0,02 gektar qismi fuqaro A.Yu. tomonidan maxsus texnika yordamida buzib taşlanib, örniga özboşimçalik bilan uy-joy qurilgan.
Oqibatda tarixiy yodgorlikkka qariyb 72 mlrd. sömlik jiddiy zarar yetkazilgani aniqlandi.
Tekşiriş natijasiga köra, jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈


