Tarixda birinçi marta Konstitutsiyaviy sud axboroti oçiq majlisda eşitildi
Tarixda birinçi marta Konstitutsiyaviy sud axboroti oçiq majlisda eşitildi. Majlisda köplab masalalar qatorida quyidagilar ham tilga olindi:
⚫️viloyat, tuman (şahar) sudyalarining tegişli xalq deputatlari kengaşlari oldida axborot beriş amaliyoti sudyaning mustaqilligi va xolisligiga rahna solişi mumkinligini inobatga olib, uşbu tartibni bekor qiliş;
⚫️baʼzi hududlarda tadbirkor öz mahsulotini viloyat hududidan erkin olib çiqib ketişda tösqinliklarga uçrayotganini eʼtiborga olib, tovar va xizmatlarning erkin harakatlanişi böyiça konstitutsiyaviy kafolatlarga sözsiz rioya etiş;
⚫️uçuvçisiz uçadigan apparat (dron)larni qonunga xilof ravişda olib kiriş, ötkaziş, oliş, saqlaş yoki ulardan foydalaniş uçun jinoiy javobgarlikni yengillaştiriş;
⚫️sud qayta taşkil etilganda yoki tugatilganda sudya öz lavozimini saqlab qolişi kafolatlarini işlab çiqiş.
👉 @xushnudbek 👈

