Taʼlimdagi tuzalmas kasallik haqida
Taʼlimdagi tuzalmas kasallik haqida
#abituriyent
Biz taʼlimda köp yaxşi özgarişlar qilyapmiz, ammo bir kasallikdan sira qutila olmayapmiz.
Bu ham bölsa, deyarli har yili imtihonga juda kam vaqt qolganda yoki qabul boşlanib bölgandan söng, abituriyentlarga jiddiy taʼsir qiladigan keskin özgarişlar qilişda davom etyapmiz. Bunday özgarişlar keçi bilan öquv yilining boşidayoq eʼlon qilinişi, abituriyentlar şunga qarab tayyorgarligini körişi haqida ming marta gapirganmiz, ammo hozirça befoyda.
Bugun eʼlon qilingan yangilangan fanlar majmuasi röyxati hamda köplab yönalişlarning qisqarib ketişi ham şu kabi noroziliklarga sabab bölmoqda.
Nahotki jiddiy özgarişlarni oldindan rejalaştiriş imkonsiz? Masalan, avval test, söngra tanlov tamoyili ança avval eʼlon qilindi, şu sababli bunga heç kim eʼtiroz qilgani yöq, hamma ruhan tayyor edi. Yoki kelgusi öquv yilidan çet tili birinçi fan bölgan yönalişlarga faqat sertifikati borlargina topşira olişi haqidagi qaror ham oldindan barçaga eʼlon qilindi, bu ham muammo tuğdirmaydi.
Nega xuddi şu tarzda öyin qoidalarini oldindan eʼlon qiliş mumkin emas? Albatta imtihonga qisqa vaqt qolganda abituriyentlar va ularning ota-onalarini stressga tuşirib, özgariş qiliş şartmi?
Bilaman, bu gaplarim baribir endi befoyda. "Yönalişlar qisqarişining yomon tomoni yöq, öqigan bilimi özi uçun, bilimiga mos boşqa yönalişni tanlasin", deyişingiz ham mumkin. Fikringizda jon ham bordir, vahima qilişga arziydigan özgariş ham emasdir balki. Ammo çetdan turib gapiriş va baho beriş oson, tanasi boşqa dard bilmas degandek.
Iltimos, hurmatli masʼullar, özgarişlar haqida oldinroq xabar berişni örgansangiz, yanada aniqroği imtihonga taqalgan payti biror jiddiy özgariş qilişdan tiyilsangiz zör iş bölar edi.
👉 @xushnudbek 👈

