Taʼlim krediti oliş endi yanada osonlaşdi
Taʼlim krediti oliş endi yanada osonlaşdi
Talaba xotin-qizlar foizsiz, talaba yigitlar esa asosiy stavkada taʼlim krediti olişi mumkin. Ikkalasida ham taʼlim kreditini qaytariş öqişni tugagaç boşlanadi va 7 yilga beriladi.
Biz bir neça bor uşbu taʼlim kreditlarini olişda talabalar, ayniqsa xotin-qizlar köplab muammolarga duç kelayotgani, bank filiallari yetarli maʼlumotga ega emasligi, murojaatçilarga asossiz rad javobi berib, sarson qilayotgani haqida aytgandik.
Bunday sansalorlikning oldini oliş maqsadida Markaziy bank tomonidan talim-krediti.uz sayti işga tuşirilibdi.
Mazkur sayt orqali talabalarning taʼlim krediti oliş uçun banklarga arizalarini onlayn yullaş imkoniyati yaratildi. Endi bankka bir dunyo hujjat oborib, qaysidir bank xodimining qoş-qovoğiga qaraş şart emas.
❗️Hurmatli talabalar!
Siz ham taʼlim krediti olmoqçi bölsangiz, talim-krediti.uz sayti orqali onlayn ariza yuborişingiz mumkin.
Eslatma: taʼlim kreditini nafaqat OTM talabalari, balki kollej va texnikum öquvçilari ham olişi mumkin. Kunduzgi, sirtqi va keçki taʼlimga beriladi. Xususiy OTMlarga ham oliş mumkin.
Batafsil maʼlumotlar:
1. https://t.me/xushnudbek/15110
2. https://t.me/xushnudbek/15112
3. https://t.me/xushnudbek/10871
4. https://t.me/xushnudbek/7356
👉 @xushnudbek 👈

