Talabalar stipendiyasi nega keçikmoqda?
❓Talabalar stipendiyasi nega keçikmoqda?
Şu mazmunda talabalardan bir qator murojaatlar kelib tuşdi. Uşbu masala böyiça Oliy taʼlim vazirligining tegişli masʼullari bilan boğlanib, vaziyatga oydinlik kiritişga harakat qildim.
❓Sababi nimada?
Stipendiya keçikayotganining sababi, ayni kunlarda oliy taʼlim muassasalarining moliyaviy tizimini töliq raqamlaştiriş işlari yakuniy bosqiçda ekan. Xabaringiz bor, raqamlaştiriş jarayonlari bir neça yildan buyon davom etmoqda. Masalan, kontrakt tölovlari ilgari faqat bankka borib tölanardi, talabaning hisobini (yoki qarzini) onlayn körib ham bölmasdi, marketing bölimi eşigida sarğayiş kerak edi. Sönggi yillarda bu töliq raqamlaşdi, hozir bitta JŞŞIR raqamini kiritib, kontraktni onlayn tölasa böladi.
Endi navbat stipendiyaga kelibdi. Va bu ham töliq raqamli tizimga ötyapti. Şu sababli texnik tomondan keçikayotgan ekan.
Asosiy maqsad, oliy taʼlim tizimida talon-toroj va pul "yeyiş"larning oldini oliş, deyişdi masʼullar.
❓Qaçon tölanadi?
Hozirda tizim deyarli tayyor bölibdi, hatto bugundan tölov boşlanibdi ham. Masalan, 3 ta OTMda — Guliston davlat pedagogika instituti, Namangan davlat çet tillari instituti va Namangan töqimaçilik sanoati institutida tölov qilingani aytildi.
✅ Masʼullar uzoği 3 kun içida boşqa OTMlarda ham bosqiçma-bosqiç tölovlar amalga oşirilişini aytişdi. Katta qismi ertaga ötar ekan.
👉 @xushnudbek 👈
- 15 Telegram Stars


