Nomli stipendiyalar OTM kesimida quyidagiça taqsimlanadigan böldi
Nomli stipendiyalar OTM kesimida quyidagiça taqsimlanadigan böldi:
➖ Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Kamoliddin Behzod va Uluğbek nomli davlat stipendiyalari bakalavriat taʼlim yönalişlari böyiça yuqori kurslarning har 1000 nafar talabasiga 1 tadan;
➖ Imom al-Buxoriy nomli davlat stipendiyasi Özbekiston xalqaro islom akademiyasining 3 nafar yuqori kurs talabasiga;
➖ Xudoybergan Devonov nomli davlat stipendiyasi kinematografiya sohasi uçun kadrlar tayyorlovçi har bir oliy taʼlim muassasasining 1 nafar yuqori kurs talabasiga;
➖ Bobur nomli davlat stipendiyasi tarix va geografiya yönalişlari uçun kadrlar tayyorlovçi har bir oliy taʼlim muassasasining 1 nafar yuqori kurs talabasiga;
➖ Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi jismoniy tarbiya va sport yönalişlari uçun kadrlar tayyorlovçi har bir oliy taʼlim muassasasining 1 nafar yuqori kurs talabasiga;
➖ Tölepbergen Qaipbergenov va Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyalari Qoraqalpoğiston Respublikasidagi har bir oliy taʼlim muassasasining 1 nafar yuqori kurs talabasiga;
➖ Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi har bir oliy taʼlim muassasasining 1 nafar yuqori kurs talabasiga tayinlanadi.
👉 @xushnudbek 👈

