Tushuntirish

Talabalar kontraktni qaçongaça tölaşi kerak?

Matn18-noyabr, 2020, 16:121 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❓Talabalar kontraktni qaçongaça tölaşi kerak?

Davlat qabul komissiyasi majlisining 7-son bayoni qaroriga muvofiq, öqişga tölov-kontrakt asosida tavsiya etilgan abituriyentlar (yaʼni 1-kurslar, bakalavr va magistr) hamda öqişini köçirgan (tiklagan) talabalar uçun (kursidan qatʼi nazar) kontrakt mablağlarini tölaş muddati 1-dekabrgaça uzaytirildi. Yuqori kurslar uçun kontrakt tölaş muddati OTM rektorlari tomonidan belgilanadi.

Şuningdek, talabalarga kontraktni 4 ga bölib tölaşga ruxsat berilgan.

✅ Jumladan:

➖belgilangan tölov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uçun 15-sentyabrgaça yoki Davlat qabul komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgaça (bugungi kunda 1 dekabrgaça) hamda ikkinçi va undan keyingi bosqiç talabalar uçun 1-oktyabrgaça yoki OTM rektori tomonidan uzaytirilgan muddatgaça;

➖belgilangan tölov miqdorining kamida 50 foizi 1-yanvargaça, 75 foizi 1-aprelgaça va 100 foizi 1-iyulgaça yoki OTM rektorlari tomonidan uzaytirilgan muddatlargaça tölanişi kerak.

❓Super-kontrakt summasini qaçongaça tölaş kerak?

Davlat qabul komissiyasi qaroriga binoan, 2020/2021 öquv yili uçun super-kontrakt miqdorlarini ikkiga bölib tölaş mumkin.

Bunda:

➖ öquv yilining birinçi yarmi uçun kamida 50%i 2020-yilning 1-dekabridan;

➖ ikkinçi yarmi uçun esa qolgan qismi 2021-yilning 1-martidan keçiktirmay tölanişi kerak.

📖 Taʼlim yangiliklari kanaliga aʼzo böling:
👉 @urfon

  • 👍 3
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek