Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Surxondaryo hokimining qonunçilikka zid qarori bekor böldi

Foto24-oktabr, 2022, 10:301 daqiqa0 koʻrish

Surxondaryo hokimining qonunçilikka zid qarori bekor böldi

Töra Bobolov 2022-yil 18-oktabrda Bandixon tuman hokimligiga “Skoda Kodiaq Ambition” xizmat maşinasini xarid qiliş uçun 429 mln söm ötkaziş töğrisida 23-8-0-F/22-sonli farmoyişni imzolagan.

Mazkur farmoyiş Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi tomonidan örganilgan.

Hukumat qarori bilan belgilangan meyorlarga köra, tuman va şahar hokimliklarining rahbarlariga sotib olişga ruxsat etilgan xizmat avtotransportining eng yuqori narxi BHMga nisbatan 1000 barobari (300 mln söm), rahbar örinbosarlariga esa bazaviy hisoblaş miqdoriga nisbatan 700 barobari (210 mln söm) etib belgilangan.

Bandixon tumani hokimligiga sotib olinişi rejalaştirilgan xizmat avtotransportining narxi mazkur meyorlarga zid bölgan.

Şu munosabat bilan, Agentlik viloyat hokimligiga tegişli farmoyişini bekor qiliş yuzasidan taqdimnoma kiritilgan hamda mazkur farmoyiş bekor qilingan.

Eh, essiz, hokim buva endi mazza qilib Şkoda minaman deb turgandiya… Ha, mayli, özining puliga olib minar balki.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek