Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Tushuntirish

​​​ Super-kontrakt narxini qanday hisoblayman?

Matn2-sentabr, 2022, 19:503 daqiqa0 koʻrish

Manba:Xushnudbek.uz

​​​❓Super-kontrakt narxini qanday hisoblayman?

✅ JAVOB: buni biliş uçun erinmasdan uşbu postni oxirigaça öqişingiz kerak.

Juda köpçilik super-kontrakt narxi qança bölişi haqida savol bermoqda.

Super-kontrakt narxi qança bölişini istalgan inson özi mustaqil hisoblab olişi mumkin, buning uçun yetarli barça maʼlumotlar eʼlon qilingan. Faqat ozgina hafsala kerak xolos.

❗️Eng avvalo bir narsani yodda tuting, super-kontraktning eng aniq miqdorini faqat va faqat özingiz hujjat topşirgan oliy taʼlim muassasasi orqali bilişingiz mumkin.

Endi minimum miqdorlar haqida.

❗️1-eslatma: super-kontrakt degan tizim kunduzgi, sirtqi, keçki taʼlimda ham bor;

‼️2-eslatma: imtiyoz olgan, lekin kira olmagan abituriyentlar uçun umumiy kiriş baliga qarab super-kontrakt narxi belgilanadi, imtiyozlilarning ötiş baliga qarab emas.

Super-kontrakt narxi kunduzgi taʼlim şaklida stipendiyasiz tölov-kontrakt miqdoridan hisoblanadi (sirtqi va keçkida şundoq ham stipendiya yöq). Demak, quyida ilova qilingan jadvalda körsatilgan kontrakt summasini super-kontrakt barobariga köpaytirişingiz kerak.

‼️Super-kontrakt uçun 10% çegirma berildi. Demak, çiqqan summadan 10% olib taşlaysiz. Mana bu yerda kunduzgi taʼlimdagi barça yönalişlarda super-kontraktning çegirmadan keyingi summasi yozilgan. Çegirma sirtqi va keçkiga ham ötadi, faqat buni özingiz hisoblab olasiz.

Şuningdek, 3 ta toifadan qaysi biriga taalluqli ekanligingizni ham aniqlab olişingiz kerak.

1️⃣ 1-toifa: kiriş çiziğiga 4 ballgaça yetmay qolgan abituriyentlar

Bunda quyidagi şkala amal qiladi:

➖ 1 ballgaça yetmagan abituriyentlar uçun – bazaviy tölov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;

➖ 1,1 balldan 2 ballgaça — 2,0 barobari;

➖ 2,1 balldan 3 ballgaça — 2,5 barobari;

➖ 3,1 balldan 4 ballgaça — 3,0 barobari.

Masalan, matematika yönalişida 1,5 ball yetmay qoldi deylik. Bunday vaziyatda öşa abituriyent 2 barobar tölaydi. Jadvalga qarasak, matematika yönalişida kontrakt narxi 6.412.610 söm. Demak, matematika yönalişiga 1,5 ball yetmay qolgan abituriyent 12 mln 825 ming söm super-kontrakt tölaydi (2 x 6.412.610).

Endi unga 10% çegirma qöllanadi. Yaʼni 1.282.522 söm çegirma tufayli super-kontrakt narxi 11.542.698 söm böladi.

2️⃣ 2-toifa: kiriş çiziğiga 4 balldan ortiq yetmay qolgan va özi 56,7 dan köp ball töplaganlar

Bunday abituriyentlar super-kontrakt uçun yönalişiga qarab pastdagi jadvalda körsatilgan oddiy kontraktning minimum 8, 10, 12, 15, 17 yoki 25 barobarini tölaydi.

Qaysi yönalişga neça barobar tölanişi mana bu faylda keltirilgan:
👉 https://t.me/xushnudbek/15833

Masalan, iqtisod yönalişiga kiriş bali 150 ball böldi deylik. Abituriyent 70 ball töpladi. Demak, unga 4 balldan ortiq yetmay qolgan, özi ham 56,7 balldan köproq töplagan. Iqtisod yönalişiga minimum super-kontrakt 10 barobar etib belgilangan. Stipendiyasiz oddiy kontrakt narxi esa 9.129.930 söm.

👆Xulosa: iqtisod yönalişi uçun super-kontrakt miqdori minimum 91 mln 299 ming söm (10 x 9.129.930). 10% çegirmadan keyin esa 82 mln 169 ming 400 söm böladi.

❕BU MUHIM: ötiş baliga 4 balldan köproq yetmay qolgan va 56,7 balldan köp töplaganlarning hammasiga bir xil narx böladi. Yaʼni 5 ball yetmagan ham, 50 ball yetmagan ham bir xil tölaydi. Öşançun menga 10 ball yetmadi, menga 30 ball yetmadi, qança böladi, deb söraşdan foyda yöq.

3️⃣ 3-toifa: 56,7 balldan kam töplaganlar

Bunday abituriyentlar super-muper kontraktda öqişi mumkin, faqat kamida 2-toifadagilar tölaydigan summaning 2 barobarini tölaşadi. Masalan, abituriyent iqtisod yönalişiga topşirib, 40 ball töplagan, yaʼni 56,7 balldan kam. Demak, u kamida 164 mln 338 ming söm tölaşi kerak (2 x 82.169.400).

‼️Ayrimlar söramoqda. Masalan, abituriyent 54 ball oldi. Kiriş bali esa 57 ball böldi. Şunda 3 ball yetmagan bölsa, super kontrakni kamroq tölaydimi? Yöq va aslo yöq! 56,7 balldan kam töplandimi, tamom, bunaqada ikki karra köproq super-kontrakt tölanadi. Kiriş baliga qança yetmagani ahamiyatsiz.

Xullas, Siz töplagan balingiz asosida kamida taxminan qança super-kontrakt tölaşingizni bemalol özingiz hisoblab körişingiz mumkin.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Super-kontrakt miqdorlari 10 foizga kamaytirildi

    1 koʻrish1 daqiqa

Yana oʻqing