Super-kontraktni bölib tölaş muddatlari haqida
Super-kontraktni bölib tölaş muddatlari haqida
#abituriyent
Qoidaga köra, super-kontraktda öqimoqçi bölganlar talabalikka qabul qiliş töğrisida buyruq çiqişi uçun dastlab 50% qismini tölaşi kerak. Oddiy kontraktga kirganlar esa 25% qismini tölasa yetadi.
Odatda super-kontraktning yarmini 15-sentyabrgaça tölaşni söraşadi. Ammo kontrakt va super-kontrakt miqdorlari keç tasdiqlangani hamda natijada ariza beriş keç boşlangani hisobiga uşbu muddat uzaytirilsa kerak (oddiy kontraktda ham). Özi har yili uzaytirişadi bu muddatni.
Köpçilik agar biz 50% ni tölasak, qolgan yarmini qaçon tölaş kerak, deb sörayapti.
Qolgan 50% qismini OTM rektorlari belgilagan muddatda tölaş kerak. Odatda bu muddatlar oddiy kontrakt muddatlari bilan bir xil böladi. Yaʼni:
75% qismini — 1-aprelgaça;
100% qismini — 1-iyulgaça.
Eslatib ötamiz, agar super-kontraktni 15-oktyabrga qadar 100% miqdorda qoplasangiz, sizga 10% çegirma beriladi. Lekin bu 10% çegirma oddiy kontrakt uçun hamda 4 ballgaça şkaladagi super-kontrakt uçun taalluqli emas.
Yönalişlar kesimida super-kontrakt narxi bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/21116
👉 @xushnudbek 👈
