Tushuntirish

SSV aholiga jazirama issiqdan saqlaniş böyiça tavsiyalar berdi

Matn13-iyul, 2026, 22:411 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

☀️ SSV aholiga jazirama issiqdan saqlaniş böyiça tavsiyalar berdi

Jumladan:

⚠️ Xavf guruhiga kiruvçi fuqarolar (65 yoşdan oşgan keksalar, çaqaloqlar va yoş bolalar, homilador ayollar, yurak-qon tomir, qandli diabet, buyrak, nafas yöllari va boşqa surunkali kasalliklari bölgan bemorlar, yuqori qon bosimi yoki yurak dorilarini, “suv haydovçi”, allergiyaga qarşi yoki psixotrop preparatlarini qabul qiluvçilar) holidan muntazam xabar olib turiş;

⚠️ Çanqoqni kutmasdan, kun davomida oz-ozdan va tez-tez suv içiş. Yurak, buyrak kasalliklari yoki şişga moyilligi bor bemorlar esa suyuqlik miqdorini şifokor tavsiyasiga köra belgilaşi kerak;

⚠️ Yengil, keng, havo ötkazuvçan va oç rangli kiyimlar kiyiş;

⚠️ Oğir, yoğli, qovurilgan, aççiq va hazm bölişi qiyin ovqatlardan saqlanib, sabzavotli salatlar, yengil şörvalar, qatiq, ayron, tvorog, tuxum, tovuq yoki baliq goʼşti, mevalar isteʼmol qiliş;

⚠️ Taxminan soat 11:00 dan 17:00 gaça oçiq quyoş ostida yurişni çeklaş;

⚠️ Heç qaçon bolalarni, keksalarni yoki hayvonlarni avtomobil içida yolğiz qoldirmaslik.

👉 @xushnudbek 👈

  • 4 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek