Muhim

Özbekistonda 4 kun davomida harorat 46 darajagaça isişi kutilmoqda: FVV aholiga murojaat bilan çiqdi

Foto11-iyul, 2026, 15:441 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Özbekistonda 4 kun davomida harorat 46 darajagaça isişi kutilmoqda: FVV aholiga murojaat bilan çiqdi

Joriy yilning 13-17-iyul kunlari Özbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelişi kutilmoqda.

Havo harorati eng issiq kunlarda respublikaning katta qismida +41…+43 darajagaça, şimolda, janubda va çöl hududlarida +44…+46 darajagaça kötariladi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ob-havoning keskin isib ketişi davrida yonğinlarning oldini oliş böyiça tavsiyalar berdi. Jumladan:

🔹 oçiq olovni nazoratsiz qoldirmang;
🔹 tamaki qoldiqlarini quruq öt va çiqindilar ustiga taşlamang;
🔹 quruq ötlar va çiqindilarni yoqmang;
🔹 elektr jihozlarining sozligini tekşiring, nosozlaridan foydalanmang;
🔹 bir rozetkaga bir neçta kuçli elektr jihozini ulamang;
🔹 hovli va uy atrofini quruq öt hamda yonuvçan çiqindilardan tozalang;
🔹 avtomobilni quruq ötlar ustida qoldirmang;
🔹 bolalaringizni gugurt va boşqa uçqun çiqaruvçi moslamalar bilan öynaşiga yöl qöymang;
🔹 yonğin yuz bersa, darhol 112 raqamiga qönğiroq qiling.

👉 @xushnudbek 👈

  • 1 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek