Soliq qömitasi bayonoti: ortiqça undirilgan foyda soliği böyiça bönak tölovlar qaytariladi
Soliq qömitasi bayonoti: ortiqça undirilgan foyda soliği böyiça bönak tölovlar qaytariladi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent şahrida qayd etilgan foyda soliği böyiça holatlar Soliq qömitasi tomonidan zudlik bilan örganildi.
Tezkor örganiş natijalari tanqidiy ravişda körib çiqilib, quyidagi çora-tadbirlar belgilab olindi:
birinçidan, uşbu kamçiliklarga yöl qöyganliklari uçun Soliq qömitasi masʼul nazorat departamenti boşliği B.Muqimov va Toşkent şahar bölim boşliği O.Lutfillayev egallagan lavozimlaridan ozod etildi;
ikkinçidan, Toşkent şahar soliq boşqarmasi boşliği Yu.Nasimjanov va Boşqarma boşliğining birinçi örinbosari J.Mirpölatovning maxsus unvonlari bir poğonaga pasaytirilib, intizomiy jazo çorasi belgilandi;
Şuningdek, Soliq qömitasi soliq tölovçilarga xizmat körsatiş departamenti boşliği X.Bazarovga nisbatan hayfsan intizomiy jazo çorasi tayinlandi.
uçinçidan, foyda soliği bönak tölovlari hisobidan byudjetga undirilgan ortiqça mablağlarni 28-mart kuni soat 13:00 ga qadar soliq tölovçilarga töliq qaytariş vazifasi belgilandi;
törtinçidan, qayd etilgan holatlar böyiça Toşkent şahar soliq organlarida maxsus boşqarma tomonidan xizmat tekşirişi ötkaziş va natijalari böyiça hujjatlarni huquqni himoya qiliş organlariga yuboriş vazifasi topşirildi.
❗️"Hurmatli tadbirkorlar, Soliq qömitasi qayd etilgan holatlar böyiça vaqtida axborot bergan tadbirkorlik subyektlariga minnatdorlik bildirgan holda, summasidan qatʼi nazar kelgusida qayd etiladigan har bir holat böyiça Soliq qömitasiga yoki @dsq_anticorrupciya_bot ga murojaat qilişingizni iltimos qiladi", - deyiladi bayonotda.
👉 @xushnudbek 👈


