Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Sobiq «Ummon» guruhi xonandasi Zohid Risqiyevga sud hukmi öqildi

Matn11-avgust, 2023, 19:071 daqiqa0 koʻrish

Sobiq "Ummon" guruhi xonandasi Zohid Risqiyevga sud hukmi öqildi

U 266-moddasi 2-qismi (odam ölimiga sabab bölgan YTH) böyiça aybli deb topilib, 3 yil transport vositalarini boşqariş huquqidan mahrum qilgan holda 5 yilga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.

Sud Z.Risqiyevga Jinoyat kodeksining 72-moddasini (şartli hukm qiliş) qöllagan holda tayinlangan jazoni şartli deb hisoblab, 2 yil sinov muddati belgiladi.

2022-yil 29-sentyabrda Yunusobod tumanida Zohid Risqiyev boşqaruvidagi avtomobil YTHga uçragan edi. Natijada uning özi va ikki hamrohi şifoxonaga yotqizilgan, maşinada bölgan yana bir kişi esa voqea joyida vafot etgandi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek