Sirdaryodagi ovqatlaniş şoxobçasida gaz balloni portlaşi oqibatida 3 kişi halok böldi
❗Sirdaryodagi ovqatlaniş şoxobçasida gaz balloni portlaşi oqibatida 3 kişi halok böldi
Hodisa keça, 2-dekabr kuni Guliston şahri “Taraqqiyot” MFYdagi ovqatlaniş şoxobçasida sodir bölgan.
Buning oqibatida 29 kişi turli darajada tan jarohatlari olgan, ulardan 3 nafari şifoxonada vafot etgan. Hozirgi paytda 1 nafar bemorning ahvoli “öta oğir” bölib, u sunʼiy nafas oliş apparatiga ulangan. Jarohatlanganlarning 5 nafari “stabil oğir” va 15 nafari “qoniqarli” holatda. Ahvoli qoniqarli bölgan 3 nafar bemorga yordam körsatilib, uyiga javob berilgan.
Bemorlardan 2 nafari homilador bölgani sababli Respublika ixtisoslaştirilgan ona va bola ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdaryo viloyati filialiga köçirilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 3-qismi (odam ölişiga olib kelgan mehnatni muhofaza qiliş qoidalarining buzilişi) bilan jinoyat işi qözğatilib, 1 kişi protsessual tartibda qamoqqa olingan.
👉 @xushnudbek 👈



