Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Tushuntirish

Jamşid Qöçqorov byudjet taqçilligi va uning iqtisodiy ösişdagi örni haqida maʼlumot berdi

Video3-dekabr, 2025, 13:047 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Boş vazir örinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri Jamşid Qöçqorov byudjet taqçilligi haqida:

➖ Byudjet taqçilligining nominal oşib borişi real hisoblarni körsatmaydi. 2023-yilda taqçillik YIMga nisbatan 5% bölgan, 2026-yilda 59 trln sömlik byudjet taqçilligi 3% ni taşkil etişi közda tutilmoqda.

➖ Taqçillik (defitsit) doim bölişi kerakmi? Biz köp yillar byudjetni profitsit bilan bajarganmiz. U zörmidi? Sohada uzoq yillardan beri işlab kelayotgan odam sifatida “yöq”, deb javob berişga majburman. Çunki öşa paytlar byudjet profitsit bilan bajarilganining sababi şuki, öşa byudjet taqçilligini moliyalaştirişga bizga heç kim kredit bermagan.

➖ Buni rasmiy aytişim mumkin. Heç kim qarz bermagan. Çunki islohotlar yöq edi, söm erkin konvertatsiya qilinmas edi, soliq siyosati murakkab edi. Umuman, oxirgi 8-yilda nimalar qilingan bölsa, öşa narsalar yöq edi. Şuning uçun ham heç kim bizga byudjet taqçilligini moliyalaştirişga kredit bermas edi.

➖ Taqçillikning katta bölişi yaxşi emas, bizning fikrimizça. Xalqaro valyuta jamğarmasi ham şu fikrda. 3%lik taqçillik nazariyada ham, mamlakatlar amaliyotida ham optimalligi tasdiqlangan. Bu davlat qarzining mötadil oşişini taʼminlaydi. Şu bilan birga, hukumatning defolt, bankrot bölişiga yöl qöymaydi.

➖ Byudjet taqçilligi qaçon öz vazifasini bajargan böladi? Qaçonki öşa mamlakatda iqtisodiy ösiş bölayotgan bölsa. Taqçillik qöşimça pul olib, iqtisodiyotni rağbatlantiriş degani. Fiskal rağbatlantiriş. Agar biz qarz olsak-da, uni iqtisodiyotga çiqarsak va iqtisodiyot ösmasa — bu notöğri. Xudoga şukr, biz har yili yuqori iqtisodiy ösiş surʼatlariga erişyapmiz, bu yil 7%dan kam bölmaydi deyapmiz, lekin XVJ Özbekistonda iqtisodiy ösiş 7,3% böladi, deb aytyapti.

👉 @xushnudbek 👈

  • 1 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek