Şerzod Kudbiyev uy-joylar uçun minimal narx çegarasini örnatişni taklif qildi
🏡 Şerzod Kudbiyev uy-joylar uçun minimal narx çegarasini örnatişni taklif qildi
Soliq qömitasi raisi quriliş sohasi vakillari bilan uçraşuvda Toşkentda kvartiralar asossiz juda past narxlarda sotilayotganini taʼkidladi.
Uning sözlariga köra, 2025-yilning birinçi yarmida kvadrat/metri uçun 1 million sömdan past narxda 2 mingta, 1 milliondan 3 million sömgaça 9 ming 300 ta, 3 milliondan 5 million sömgaça 13,5 mingta notarial turar joy oldi-sotdi bitimi qayd etilgan.
"Toşkentda bir kvadrat/metr taʼmirsiz uy 300-500 dollardan kam emasligini bilasiz. Heç kimni xafa qilmaslik uçun aniq tumanlarni aytmayapman. Lekin poytaxtning çekka hududlarida ham bir kvadrat/metr narxi 300-400 dollardan past bölişi mumkin emas.
Viloyatlarda, ehtimol, biroz arzonroq, Toşkent tumanlarida esa yer narxiga qarab yana ham pastroq bölişi mumkin. Şuning uçun, minimal narx çegaralarini belgilaş nafaqat buni sörayotgan soliq idorasiga, balki halol quriliş kompaniyalarini himoya qiliş uçun sizlarga ham kerak böladi", – dedi Kudbiyev.
Şartnomada bunday past narxlar körsatilişining sababi hammaga maʼlum. Uy narxining qolgan qismi mijozdan naqd pul şaklida olinadi va kirim qilinmaydi, heç qayerda körinmaydi, soliq tölanmaydi.
📹 “Lolazor” podkastining keçagi sonida yaşirin iqtisodiyot uluşi juda yuqori bölgan sohalardan biri aynan quriliş sohasi ekanligi haqida ham suhbatlaşdik. Imkon bölganda albatta köring, qiziq suhbat bölgan.
👉 @xushnudbek 👈
- 3 Telegram Stars
