Şaxmatçilarimizda uçta medal: 2 ta kumuş va 1 ta bronza
Şaxmatçilarimizda uçta medal: 2 ta 🥈kumuş va 1 ta 🥉bronza
Osiyo öyinlarida Nodirbek Abdusattorov hamda Umida Omonova kumuş hamda Javohir Sindorov bronza medalini qölga kiritdi.
Oxirgi turda Nodirbek ham, Javohir ham ğalaba qozondi. Ayniqsa Javohir haqiqiy matonat körsatib, hindistonlik kuçli gorssmeyster Vidit Santoşni mağlub etganini alohida taʼkidlaş zarur.
Peşqadam grossmeyster Vei Yi oxirgi turda durang öynaganda ham Nodirbek oltin olişi mumkin edi, ammo baxtga qarşi xitoylik şaxmatçi ham ğalaba qozondi.
Lekin eng alamlisi Umida Omonova bilan sodir böldi. Oxirgi turda hindistonlik Harika Dronavalli peşqadam Ju Jinerni mağlub etdi. Bu degani Umida durang öynasa ham oltin medal olardi. Vetnamlik Fam Nguyen bilan partiyadagi holat ham 100% lik durang edi. Ammo oltin olişini bilib Umida hayajonlanib qoldimi, yoki boşqa sababmi, hayronman, kutilmagan öta qöpol xato tufayli sönggi soniyalarda mağlub böldi va kumuş medal bilan çeklandi. Ha, mayli, şunisiga ham rahmat, uşbu xato kelgusidagi ğalabalar uçun tajriba vazifasini ötaydi, degan umiddamiz.
Endi şaxmatçilarimiz ertadan keyin jamoaviy bahslarda öyinlarni boşlaydi.
👉 @xushnudbek 👈


