Sport

Şaxmat olimpiadasi: yigitlarimizda işonçli ğalaba, qizlarimiz mağlub bölişdi

Albom30-iyul, 2022, 20:452 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Şaxmat olimpiadasi: yigitlarimizda işonçli ğalaba, qizlarimiz mağlub bölişdi

2-turda Özbekiston erkaklar terma jamoasi Farer orollarini 4:0 hisobida mağlub etdi. Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yakubboyev, Javohir Sindorov va Jahongir Vohidovlar raqiblariga imkon qoldirmadi.

Özbekiston ayollar terma jamoasi esa birmunça kuçli bölgan AQŞ terma jamoasiga 3:1 hisobida mağlub böldi. Barça şaxmatçi qizlarimiz öz raqiblaridan reytingda sezilarli ortda edi. Ammo şunday bölsa-da, hamyurtimiz Umida Omonova kuçli raqibini mağlub eta oldi. Töğri, dastlab özi juda qiyin vaziyatda edi, ammo oxirigaça kuraşdi va raqibining qöpol xatosidan unumli foydalandi. Ammo bu ğalaba terma jamoamiz uçun yetarli bölmadi.

Aytgança, uşbu turda yana bir ahamiyatli qiziq voqea böldi. AQŞ terma jamoasi nomidan musobaqalarda iştirok etadigan hamyurtimiz Gulruhbegim Tohirjonova uşbu turda Özbekistonga qarşi öynaşdan boş tortdi. Uning örniga Nilufar Yakubboyevaga qarşi Irina Kruş dona surdi. Manfaatlar töqnaşuvi yuzasidan Gulruhbegim juda töğri qarorga kelganini taʼkidlaş lozim.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek