Diplomatiya

Şavkat Mirziyoyev Qatarga amaliy taşrifini yakunlab, AQŞga jönab ketdi

Albom4-noyabr, 2025, 17:262 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

🇺🇿 Şavkat Mirziyoyev Qatarga amaliy taşrifini yakunlab, AQŞga jönab ketdi

Prezident Şavkat Mirziyoyev 🇶🇦Qatar poytaxti Dohada bölib ötgan Ijtimoiy rivojlaniş böyiça ikkinçi Jahon sammitida iştirok etib, nutq sözladi.

Davlat rahbari öz nutqida ijtimoiy tenglik, taʼlim, kambağallikni qisqartiriş, mehnat migrantlari va iqlim özgarişi kabi bir qator muhim masalalarni kötardi.

Sammitdan söng, Şavkat Mirziyoyevning Qatar Davlatiga amaliy taşrifi yakunlandi. Prezidentimizni Qatar Boş vaziri örinbosari, mudofaa işlari böyiça davlat vaziri Şayx Saud bin Abdurahmon Ol Soniy va boşqa rasmiy şaxslar kuzatib qöydi.

Şundan söng, Şavkat Mirziyoyev 🇺🇸AQŞ Prezidenti Donald Tramp taklifiga binoan, Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQŞ yetakçilarining “C5+1” formatidagi sammitida qatnaşiş uçun Vaşingtonga amaliy taşrif bilan jönab ketdi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 2 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek