Muhim

2026-yil 1-yanvardan 2,6 ming turdagi retseptli dorilarning narxi örtaça 40-50 foizga tuşişi kutilmoqda

Albom4-noyabr, 2025, 10:332 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️2026-yil 1-yanvardan 2,6 ming turdagi retseptli dorilarning narxi örtaça 40-50 foizga tuşişi kutilmoqda

Şavkat Mirziyoyev keça, 3-noyabr kuni bu böyiça taqdimot bilan tanişdi.

Unga köra:

➖ Endilikda davolanişi davlat hisobidan qamrab olinadigan kasalliklarning soni 5 tadan 10 taga kengaytiriladi, yoş çegarasi 18 dan 21 ga uzaytiriladi.

Dasturni amalga oşiriş uçun 2026-2030-yillarda jami 961 milliard söm mablağ yönaltirilişi közda tutilmoqda;

➖ Şifoxonalarda sifatsiz mahsulotlar xaridi va korrupsion omillarni bartaraf qiliş maqsadida endilikda barça davlat xaridlari “farma.xarid.uz” maxsus elektron tizim orqali amalga oşiriladi.

Mazkur elektron tizim işga tuşirilganidan söng davlat xaridlarida faqat işlab çiqariş, yetkazib beriş va mahsulot xavfsizligi böyiça barça zarur sertifikatlarga (GMP, ISO:13485 GDP) ega iştirokçilar qatnaşa oladi;

➖ Dori vositalarini texnologiyalar transferi orqali işlab çiqariş yölga qöyiladi. Xorijiy farmatsevtika kompaniyalari tomonidan mahalliy işlab çiqaruvçilarning quvvatlaridan foydalangan holda işlab çiqariş va tezlaştirilgan tartibda davlat röyxatidan ötkaziş imkoni yaratiladi;

➖ Endilikda xavfsizlik klassifikatsiyasi böyiça 1-sinfga mansub tibbiy jihozlar laboratoriya sinovlaridan (steril, ölçov vositali va invaziv tibbiy jihozlar bundan mustasno) va klinik tadqiqotlardan ötkazilmaydi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 9 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek