Şavkat Mirziyoyev Olimpiya öyinlari ğolib va sovrindorlari bilan telefon orqali muloqot qildi
Bugun Şavkat Mirziyoyev Olimpiya öyinlarining oxirgi kunida oltin olgan boksçilarimiz Bahodir Jalolov va Abdumalik Halokov, erkin kuraşçi Razambek Jamalov, kumuş olgan taekvondoçimiz Svetlana Osipova va oğir atletikaçimiz Akbar Jörayev, şuningdek, 9-avgust kuni bronza medaliga sazovor bölgan erkin kuraşçimiz Ğulomjon Abdullayev bilan telefon orqali muloqot qildi.
Davlatimiz rahbari butun xalqimiz nomidan çempion va sovrindorlarni samimiy tabriklab, murakkab kuraşlarda körsatgan yuksak mahorati va matonati uçun minnatdorlik bildirdi. Ularning ota-onalari va murabbiylariga el-yurtga munosib şunday öğil-qizlarni tarbiyalagani uçun rahmat aytdi.
Sen Özbekiston ayollari orasida birinçi bölib taekvondo böyiça olimpiya medali sovrindori bölding. Barçamiz har bir çiqişingni hayajon bilan kuzatdik. Yuksak jang sanʼati va haqiqiy jangçi ruhini namoyiş etding. Sen bilan juda faxrlanamiz, - dedi Prezident Svetlana Osipovaga.
Tarixiy ğalabang bilan çin qalbimdan tabriklayman. Eng oğir vaznda tengsiz ekaningni yana bir bor butun dunyoga körsatding. Bu bizlarga juda katta faxr, ğurur-iftixor bağişladi. Parijda ham oltin olib kelişga vaʼda bergan eding, bugungi tarixiy zafaring şu vaʼdaga mos böldi. Katta-katta ğalabalar hali oldimizda. Poytaxtimizda nomingga oçilgan boks böyiça sport mahorati maktabida yana yuzlab, minglab özbek bahodirlari katta ringlarga tayyorlanişiga işonaman, - dedi Prezident ikki karra olimpiya çempioni Bahodir Jalolov bilan suhbatda.
Fursatdan foydalanib, davlatimiz rahbari boksçilarimizning boş murabbiysi Tölqin Qiliçev tezda soğayib ketişini tiladi.
👉 @xushnudbek 👈



