Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Tushuntirish

Svetlana Osipovadan ğalaba tortib olindimi?

Albom11-avgust, 2024, 10:492 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❓Svetlana Osipovadan ğalaba tortib olindimi?
(tekşirilgan va qayta işlangan variant)

Gap şundaki, hamyurtimiz Svetlana Osipova Olimpiada finalida mezbon fransiyalik sportçi bilan bahslaşdi. 2-raund sönggida Svetlana 3 oçko oldi, ammo hakamlar çellenjdan söng, uning raqibiga ham 3 oçko berişdi. Ammo sekinlaştirilgan kadrdan köriş mumkinki, fransuz taekvondoçisi zarba bergan paytda tablodagi vaqt tugab bölgan edi.

Bugun tunda şu masalaga oid savolga ChatGPT bergan javobni eʼlon qilgan edim. Sunʼiy idrok taekvondoda vaqt hakamning işorasi bilan tugaydi, degan javobni bergan edi.

Öşa paytda Bahodirning finalini tomoşa qilayotganimiz uçun uşbu maʼlumotni qayta tekşirmasdan kanalga çiqargandim. Lekin bu xato ekan.

Jahon taekvondo xalqaro federatsiyasining rasmiy saytida eʼlon qilingan 2024-yil 14-iyundagi taekvondo qoidalarining 10-bölim 4.5-bandiga köra, bölimlarda vaqt hakamning "Keu-man" (stop) buyruğidan söng töxtaydi. Ammo garçi hakam töxtaş buyruğini hali bermagan bölsa ham, lekin tabloda vaqt tugagan bölsa, unda vaqt tugagan hisoblanadi hamda şundan keyin berilgan zarbalar hisobga olinmaydi. Yaʼni jang tugagani tablodagi vaqtga qarab belgilanadi.

Tablodagi vaqt tugagaç, faqatgina jarima ballari beriş mumkin xolos.

ChatGPT javobda xato qilibdi. Buni özi ham tan olib, keçirim söradi (oxirgi skrinşotga qarang). Men esa yuqorida aytganimdek, boşqa finallarni körib turganim uçun bu maʼlumotni qayta tekşirmabman, uzr sörayman.

Rasmiy Nizomlardan xulosa qilsak, hakamlar Svetlana Osipovadan fransiyalik mezbon sportçi foydasiga ğalabani yulib olişgan körinadi. Afsus, endi alam qilib qoldi...

Svetlana Osipova biz uçun çempion! Barakalla!

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Qahramonlarimiz!

    0 koʻrish1 daqiqa

  2. Svetalana Osipovadan ğalabani tortib olişdimi?

    0 koʻrish2 daqiqa

Yana oʻqing