Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Şavkat Mirziyoyev Özbekiston yoşlariga bayram tabrigi yölladi

Foto29-iyun, 2020, 19:431 daqiqa0 koʻrish

Şavkat Mirziyoyev Özbekiston yoşlariga bayram tabrigi yölladi.

“Barçangizni yurtimiz hayotidagi qutluğ bayram – Yoşlar kuni bilan samimiy tabriklab, özimning çuqur mehrim va ezgu tilaklarimni bildirişdan ğoyat mamnunman.

Bugungi kunda mamlakatimizda yangi Özbekistonni barpo etişga qaratilgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy islohotlarni amalga oşirişda azmu şijoatli yoşlarimizning örni va taʼsiri tobora ortib borayotgani hammamizni quvontiradi. 

Aziz öğil-qizlarim, heç qaçon unutmang, xalqimiz, Vatanimiz sizlardan buyuk işlarni kutmoqda.

Şu muqaddas işonç va masʼuliyatni har tomonlama oqlaş, unga munosib böliş – dunyodagi eng uluğ baxtdir. Şunday baxt, şunday şaraf barçangizga nasib etsin!

Sizlarni sevimli bayramingiz, azmu şijoat, gözallik va kamolot ayyomi – Yoşlar kuni bilan yana bir bor samimiy tabriklab, barçangizga sihat-salomatlik, baxt va omad tilayman”, - deyiladi tabrikda.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek