Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Çet tilini biliş sertifikatlarni kiritişda eʼtiborli böling!

Matn29-iyun, 2020, 18:552 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Çet tilini biliş sertifikatlarni kiritişda eʼtiborli böling!

#abituriyent

✅ Çet tili fanidan B2 va undan yuqori darajada bölgan sertifikatga ega abituriyentlarga uşbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi. Davlat test markazi onlayn röyxatdan ötiş jarayonida eng köp uçrayotgan xatoliklardan biri haqida maʼlumot berdi.

👨🏻‍💻 Çet tillaridan sertifikatga ega abituriyentlar röyxatdan ötişda sertifikat qaysi çet tilidan berilganligi, sertifikat turi, tilni biliş darajasi, hujjat seriyasi va raqami, sertifikat berilgan sana va sertifikat rasmini tizimga kiritadi.

❕Mazkur maʼlumotlarni barçasi sertifikatlarni tekşirişda juda muhim.

🔖 Davlat test markazi tomonidan uşbu sertifikatlarning haqiqiyligi tekşiriladi va tasdiqlanadi.

📝 Şuning uçun abituriyentlardan mazkur maʼlumotlarni kiritişda eʼtiborli bölişlarini va maʼlumotlarni töğri kiritişlarini söraymiz.

✅ Hozirga qadar Davlat test markazi tomonidan tekşirilgan 726 ta çet tili sertifikatlaridan 73 tasi notöğri kiritilganligi aniqlandi. Jumladan:

👉 ingliz tilidan – 33 ta;
👉 koreys tilidan – 22 ta;
👉 xitoy tilidan – 17 ta;
👉 arab tilidan – 1 ta;

✅ Kuzatilayotgan holatlar:

👉 imtiyoz beriş uçun asos bölmaydigan sertifikatlarni kiritiş (öquv markazlari tomonidan berilgan yoki xalqaro bölmagan sertifikatlar);
👉 tilni biliş darajasini oşirib körsatiş (B1 darajadagi sertifikatni B2 sifatida kiritiş);
👉 sertifikat seriyasi va raqamini töliq kiritmaslik yoki notöğri kiritiş;
👉 amal qiliş muddati tugagan sertifikatlarni kiritiş;
👉 sertifikat rasmini xato yuklaş (boşqa rasm);
👉 boşqa holatlar.

❗️Eslatib ötiş lozimki, abituriyent tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning qalbakiligi aniqlansa, u holda abituriyent kiriş imtihonlaridan (talabalikka qabul qilingan bölsa, oliy taʼlim muassasasi talabalari safidan) çetlaştiriladi hamda bu haqda belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiliş organlariga xabar qilinadi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 2
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek