Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

Şavkat Mirziyoyev Ostonada birinçi «Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi» sammitida iştirok etmoqda

Albom27-oktabr, 2022, 17:452 daqiqa0 koʻrish

Şavkat Mirziyoyev Ostonada birinçi "Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" sammitida iştirok etmoqda.

Şavkat Mirziyoyev öz nutqida Özbekiston mazkur formatga amaliy hamkorlikni ilgari suriş, işonç, şeriklik va özaro boğliqlikni mustahkamlaş uçun zarur bölgan muhim muloqot maydoni sifatida qaraşini taʼkidladi.

Davlatimiz rahbari mamlakatimiz «GSP+» imtiyozli savdo tizimiga qöşilganidan söng joriy yilning boşidan buyon yuqori qöşilgan qiymatli özbek mahsulotlarining eksporti qariyb ikki barobar oşganini qayd etdi.

❗️Özbekiston Yevropa investitsiya bankining mintaqaviy ofisini oçiş uçun eng qulay şart-şaroitlarni yaratişga tayyorligi bildirildi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek