Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

Rasmiy munosabat: Özbekistonda Eron qurollari işlab çiqarilmayapti

Video27-oktabr, 2022, 16:314 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Rasmiy munosabat: Özbekistonda Eron qurollari işlab çiqarilmayapti

Özbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qömitasi baʼzi bir ommaviy-axborot vositalarida tarqatilayotgan, göyoki Özbekiston Ukrainadagi harbiy harakatlarda qöllanilayotgan eron jangovar uçuvçisiz uçiş apparatlarining (jangovar dronlar) işlab çiqariş (yiğiş) maydoni ekanligi töğrisidagi xabarlarni qatʼiy inkor etadi.

Taʼkidlaş joizki, Özbekiston hozirgi kunga qadar heç qaçon Eron tomoni bilan hamkorlikda qurol-yaroğ va harbiy texnika işlab çiqarmaganligini va hozirgi kunda ham işlab çiqarmayotganini maʼlum qiladi.

Şu munosabat bilan, Mudofaa sanoati davlat qömitasi OAV orqali tekşirilmasdan turib tarqatilayotgan bu kabi xabarlar jamoatçilik eʼtiborini yolğon maʼlumotlar bilan çalğitişi hamda Özbekistonning xorijiy davlatlar bilan döstona munosabatlariga salbiy taʼsir körsatişiga sabab bölişi mumkin, deb hisoblaydi.

Mudofaa sanoati davlat qömitasi
Matbuot xizmati

P.S.: Ukrainalik jurnalist va bloger Dmitriy Gordon özining Leonid Nevzlin bilan suhbatida Eronning harbiy dronlari Özbekistonda ham işlab çiqarilmoqda, degan gapni aytgan edi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek