Senegal FIFA nomiga şikoyat yöllab, Fransiya U-17 jamoasini jahon çempionatidan çetlatilişni talab qildi
Senegal FIFA nomiga şikoyat yöllab, Fransiya U-17 jamoasini jahon çempionatidan çetlatilişni talab qildi
Maʼlum bölişiça, fransuzlar hujumçisi Yannis Issufu Afrika qitʼasida ötkazilgan JÇ saralaş bosqiçida Niger U-17 jamoasi safida maydonga tuşgan. FIFA qoidalariga köra, futbolçining bir turnirda ikki jamoa safida öynaşi taqiqlanadi.
Yannis Indoneziyada ötayotgan JÇ guruh bosqiçidagi uçala öyinda ham Fransiya tarkibida öynadi va gol ham urdi. Lekin nimçorak finalda Senegalga qarşi öyin qaydnomasiga kiritilmadi. Biroq Goal.com naşri murabbiyning bu urinişi diskvalifikatsiyadan qutilib qoliş uçun yetarli bölmasligi, senegalliklar çorak finalda Özbekistonga qarşi maydonga tuşişi mumkinligi haqida yozgan.
Hozirça FIFA bu borada heç qanday izoh bergani yöq. Ayrim manbalar Fransiya turnirda qolişini, şunçaki uzr bilan qutilib qolişini aytmoqda.
Eslatib ötamiz, nimçorak finalda Fransiya Senegal ustidan penaltilar seriyasida ğalaba qozondi. Ertaga, soat 13:30da çorak final doirasida Fransiya-Özbekiston uçraşuvi bölişi kerak.
👉 @xushnudbek 👈


