Özbek şaxmatida ayollar örtasida ilk jahon çempioni!!!
🏆♟ Özbek şaxmatida ayollar örtasida ilk jahon çempioni!!!
Italiyada ötayotgan şaxmat böyiça yoşlar örtasidagi jahon çempionatining 14 yoşgaça bölgan yoş toifasida hamyurtimiz Afruza Hamdamova muddatidan avval JAHON ÇEMPIONI böldi.
Oxirgi turda qanday natija bölişidan qatʼi nazar Afruza çempionga aylanadi, çunki unga yetib olişi mumkin bölgan yagona taʼqibçisi — qozoğistonlik şaxmatçini özaro öyinda mağlub etgan. Musobaqa nizomiga köra, oçkolar teng kelib qolsa, özaro öyinga qaraladi.
UzChess kanalining yozişiça, Afruza Özbekiston tarixida qizlar örtasidagi ilk jahon çempioniga aylandi.
Şu paytga qadar Gulruhbegim Tohirjonova va Bahora Abdusattorova öz yoş toifalarida kumuş medalni qölga kiritgan edi.
👏🏻BARAKALLA, AFRUZA!!! Ota-onang va ustozlaringga rahmat.
👉 @xushnudbek 👈

