Xuşxabar: Afruza Hamdamova — ikki karra jahon çempioni böldi!!!
♟🥇Xuşxabar: Afruza Hamdamova — ikki karra jahon çempioni böldi!!!
Braziliyada bölib ötayotgan ösmirlar örtasidagi FIDE jahon çempionatining 16 yoşgaça bölgan qizlar örtasidagi bahslarida 🇺🇿hamyurtimiz Afruza Hamdamova muddatidan oldin çempion böldi!
U 10 ta partiyada 9,5 oçko töpladi (9 ta ğalaba, 1 durang) va endi oxirgi turda qanaqa natija körsatişidan qatʼiy nazar, birorta raqibi unga yeta olmaydi.
Afruza ötgan yilgi FIDE jahon çempionatida 14 yoşgaça bölgan qizlar orasida ham muddatidan oldin ğoliblikni qölga kiritgandi va jahon çempioniga aylangan Özbekistondagi ilk ayol şaxmatçi bölgandi.
15 yoşli hamyurtimiz bugun ikki karra jahon çempioniga aylandi.
👏🏻Barakalla, Afruza! Ota-onang va ustozlaringga ming rahmat!
Xudo xohlasa, Afruza Hamdamova kattalar örtasida ham jahon çempioniga aylanib, yurtimiz sport tarixida yangi sahifa oçadi, degan umiddamiz va duodamiz.
👉 @xushnudbek 👈
- 10 Telegram Stars


