Saudiya Arabistoni Özbekiston energetika kompleksiga sarmoya kiritadi
Saudiya Arabistoni Özbekiston energetika kompleksiga sarmoya kiritadi
Şavkat Mirziyoyevning Saudiya Arabistoni Podşohligiga davlat taşrifi doirasida Özbekiston Energetika vazirligi, Saudiya Arabistoni Energetika vazirligi va Saudiya kompaniyalari örtasida umumiy qiymati 12 mlrd dollar bölgan yirik kelişuvlar imzolandi.
Şunday hujjatlardan biri – ACWA Power kompaniyasi Qoraqalpoğistonda quvvati 1,5 GVt bölgan şamol elektr stansiyasini quriş töğrisidagi bitim. Şamol stansiyasi quvvati 1,65 million xonadonni elektr energiyasi bilan taʼminlaş va yiliga 2,4 million tonna uglerod çiqindilari çiqişini oldini oliş imkoniyatiga ega bölişi aytilmoqda.
Şuningdek, ACWA Power and Air Products kompaniyasi bilan Özbekistonda yaşil vodorodni ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik işlarini rivojlantiriş va keyinçalik işlab çiqarişga yönaltirilgan ikkinçi Hamkorlik şartnomasi imzolandi.
👉 @xushnudbek 👈

