Sardor Umurzakov taşqi işlar vaziri lavozimiga tayinlangan Vladimir Norovni vazirlik jamoasiga taniştirmoqda
Ayni daqiqalarda Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzakov taşqi işlar vaziri lavozimiga tayinlangan Vladimir Norovni vazirlik jamoasiga taniştirmoqda. Unda Vladimir Norovning uzoq yillik tajribasi tayinlovda inobatga olingani eʼtirof etildi.
Öz navbatida yiğilişda ayrim tanqidiy masalalar ham körib çiqildi. Jumladan, Sardor Umurzakov özbek diplomatiyasi oldida turgan asosiy muammolar Prezident Şavkat Mirziyoyevni taşvişga solayotganini taʼkidladi. Taşqi xavf-xatarlarni oldindan aniqlaş, ularga qarşi munosib diplomatik çoralar köriş lozimligi, xorijiy hamkor davlatlar bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni kengaytiriş hamda xorijdagi yurtdoşlarimiz huquqlarini himoya qiliş — özbek diplomatiyasining eng asosiy vazifalari ekanligi qayd etildi.
Şuningdek, Özbekistonda ötkazilişi kutilayotgan eng katta xalqaro tadbirlar — sentabr oyidagi ŞHT sammiti, noyabr oyidagi Turkiy davlatlar taşkiloti sammitlarini yuqori darajada ötkaziş böyiça ham tegişli körsatmalar berildi.
👉 @xushnudbek 👈



