Samarqandda BMTning çöllanişga qarşi kuraş konvensiyasi ijrosi böyiça 21-sessiya bölib ötadi
13–17-noyabr kunlari BMTning çöllanişga qarşi kuraş töğrisidagi konvensiyasi (UNCCD) ijrosini körib çiqiş qömitasining 21-sessiyasi bölib ötadi. Özbekistonda ilk bor ötkazilayotgan nufuzli tadbirga Samarqand şahri mezbonlik qiladi.
Eslatib ötamiz, Özbekiston 1995-yildayoq, yaʼni Osiyo mintaqasi va MDH davlatlari orasida birinçi bölib Çöllanişga qarşi kuraş töğrisidagi konvensiyani ratifikatsiya qilgan.
Bu nima özi?
UNCCD — çöllaniş, yerlarning degradatsiyasiga qarşi kuraşiş va qurğoqçilik oqibatlarini yumşatiş uçun xalqaro darajadagi davlat hamda xususiy sektorning saʼy-harakatlarini birlaştiriş uçun yaratilgan.
Çöllaniş insoniyatning kelajakdagi eng katta muammolaridan biri böladi. Ayniqsa bu muammo bizning hududda ham hozirdan aktual bölib turibdi.
👉 @xushnudbek 👈



