Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Sport

Rodri — «Oltin töp-2024» sohibi

Video29-oktabr, 2024, 09:413 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Rodri — «Oltin töp-2024» sohibi

U ötgan mavsumda Ispaniya milliy terma jamoasi safida Yevropa çempionatida ğolib böldi va turnirning eng yaxşi öyinçisi deb topildi. Şuningdek, Rodri «Mançester Siti» safida APL çempioni böldi.

1960-yildan beri birorta ispaniyalik futbolçi “Oltin töp” ololmagandi.

Rodri mukofotni oliş uçun qöltiqtayoqda çiqdi, çunki u yaqinda xoçsimon paylarini uzib olgandi va hozirda davolanmoqda.

Marosimdan bir neça soat oldin Vinisius “Oltin töp” olmasligi haqida xabarlar çiqgaç, “Real Madrid” jamoasi delegatsiyasi mukofot topşiriş marosimi uçun Parijga uçişni bekor qildi va natijalardan norozi ekanligi haqida bayonot berdi.

Boşqa nominatsiyalar:

Eng yaxşi ayol futbolçi — Aytana Bonmati («Barselona»);

Eng yaxşi darvozabon — Emiliano Martines («Aston Villa»/Argentina);

Eng yaxşi murabbiy — Karlo Ançelotti («Real»);

Ayollar futbolida eng yaxşi murabbiy — Emma Hayes («Çelsi»);

Eng yaxşi jamoa — «Real Madrid» (Ispaniya);

Eng yaxşi ayollar jamoasi — «Barselona» (Ispaniya);

Eng yaxşi yoş futbolçi — Lamin Yamal («Barselona»/Ispaniya);

Eng yaxşi hujumçi — Harri Keyn («Bavariya»/Angliya) va Kilian Mbappe («PSJ» va «Real»/Fransiya).

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek