Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Fikr

RAYONOlar tugatilsa, maktablar ahmoqona topşiriqlardan qutiladimi?

Foto16-fevral, 2023, 10:301 daqiqa1 koʻrish

Nima deb öylaysizlar, RAYONOlarni tezroq tugatsak, maktablarimiz ahmoqona topşiriqlardan qutilib, sal yengil nafas olarmidi yoki keyinçalik hokimliklar maktab direktorlariga töğridan-töğri ahmoqona topşiriqlarni berişda davom etadimi?

“Taşabbusli byudjet”da öz ovozingizni istagan loyihaga bering! Öqituvçimisiz? Istasangiz maktabingiz uçun foydali loyihaga ovoz bering, istasangiz mahallangizdagi loyihani tanlang. Istasangiz umuman heç narsaga ovoz bermang. Istasangiz, fidoyilik körsatib (majburlikdan emas), maktab yoki mahallangiz loyihasi uçun ovoz töplaşda qatnaşing, istasangiz umuman bu jarayonlarga aralaşmang.

Maktablarga quyoş panellari örnatiş yomon fikr emas, ayniqsa hozirgi qiş maktablardagi ahvol naqadar açinarli ekanligini körsatdi. Ammo buni maʼmuriy buyruqbozlik, döq-pöpisa, byurokratiya orqali qilmaslik kerak. Iltimos, odamlarni öziga qöyib beringlar, baraka topgurlar.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek