Ramazonning 28-kuni: Oyoq uyuşganda mahbub kişining ismini aytiş haqida hadis
19-aprel, çorşanba (28-kun)
Iftorlik vaqti: 19:09 (Toşkent vaqti)
Abdurrahmon ibn Saʼddan rivoyat qilinadi:
«Ibn Umarning oyoği uyuşib qoldi. Şunda bir kişi unga:
«Özingga eng mahbub kişining ismini ayt», dedi.
«Muhammad sollallohu alayhi vasallam», dedi».
📖 Şarh: Maʼlumki, oyoq uyuşganda, tomirda qon oqişi qiyinlaşgani tufayli, juda ham noqulay holat paydo böladi. Odamning yurişi qiyinlaşadi.
Öşanday paytda oyoği uyuşgan kişiga özi yaxşi körgan odamining ismini zikr qilişi tavsiya etilmoqda.
Mana şu narsa, yaʼni insonning qalbi öziga eng mahbub kişining ismini aytib, uni eslab, sururga tölişi oyoqning uyuşganining yozilişiga yordam berar ekan. Çunki mahbubning zikri qalbni harakatga soladi va qon yurişib ketadi.
Bu rivoyatda Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhuning Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bölgan çeksiz muhabbatlari ham öz ifodasini topgan.
"Odoblar xazinasi" kitobidan
👉 @xushnudbek 👈

