Qöşnilarimizda nima gap?
Qöşnilarimizda nima gap?
Bugun Qasim-Jömart Töqayev qozoq xalqiga murojaat yölladi. Undagi eng muhim ayrim jihatlar:
— 2022-yilning kuzida navbatdan taşqari prezidentlik saylovi bölib ötadi. Unda Töqayev ham qatnaşişi kutilmoqda;
— Töqayev Prezidentlik muddatini bir martalik 7 yil etib belgilaş, ammo qayta saylaniş huquqini bekor qilişni taklif qildi;
— 2023-yilning birinçi yarmida parlament saylovlari bölib ötadi;
— bundan buyon sud hukmi bilan korrupsionerlardan undirilgan mablağlar faqat maktablar qurilişiga sarflanadi;
— sud tizimini isloh qiliş maqsadida barça sudyalik lavozimlari uçun şoşilinç tarzda qayta tayinlov ötkaziladi. Oliy sud sudyalari uçun esa saylov tizimi yölga qöyiladi, yaʼni Prezident bir neçta muqobil nomzodlarni taqdim etadi, Senat ular orasidan saylaydi;
— Qozoğistondagi yanvar voqealarida ommaviy tartibsizliklarga tarğib qilgan taşkilotçilar qatʼiy jazolanadi. Ammo şunçaki bunda iştirok etganlarga nisbatan aybiga qarab bir martalik amnistiya eʼlon qilinadi;
— 2023-yili yangi Soliq kodeksi qabul qilinadi. Bunda "haşamat soliği" joriy qilinişi mumkin. Yaʼni qimmatbaho köçmas mulk va avtomaşinalar alohida soliq solinadi.
👉 @xushnudbek 👈


