Umidbaxş hujjat
Manba:davletovuz
Umidbaxş hujjat
Şavkat Mirziyoyev va Qasim-Jomart Toqayev bugun Toşkentda Ittifoqçilik munosabatlarini örnatiş töğrisida şartnomani imzoladi, çegara masalasiga ham qoğozda, ham amalda nuqta qöyildi. Ittifoqçilik strategik şeriklikdan keyingi eng yuqori bosqiç bölib, ikki mamlakatni muştarak maqsadlar yölida harakat qilişga undaydi. Ikki davlat özaro işonadi, kerak payti, barça kömakni taqdim etadi, kelişilgan holda taşqi siyosat yuritadi.
Barça bahsli masalalar muloqot orqali hal qilinadi. Bu şartnoma Rossiyaning tobora imperialistik ambitsiyalari avj olayotgan bir paytda ham juda muhimdir. Rossiyaning "bölib taşla, hukmronlik qil" prinsipidagi ğarazli xatti-harakatlari uçun ham javob böla oladi. Şartnomaning 20-moddasida ikki davlat BMT, Turkiy davlatlar ittifoqi, YEXHT, Osiyoda hamkorlik va işonç çoralari böyiça kengaş, ŞHT, Islom hamkorlik taşkiloti va MDH doirasida hamkorlikka eʼtiborni kuçaytirişi qayd etilgan. Prioritet aniq.


