Muhim

Qozoğistonda yölovçi samolyoti halokatga uçradi

Foto25-dekabr, 2024, 18:021 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Qozoğistonda yölovçi samolyoti halokatga uçradi

Bugun, 25-dekabr kuni Toşkent vaqti bilan soat 11:28 da Qozoğistonning Aqtau şahrida Azerbaijan Airlines aviakompaniyasiga tegişli samolyot quladi.

Maʼlumotlarga köra, samolyot Boku şahridan Rossiyaning Grozniy şahriga parvoz qilayotgan bölgan.

Samolyot bortidagi 62 nafar yölovçi va 5 nafar ekipaj aʼzosidan 32 nafari, jumladan, 2 nafar bola aviahalokatda omon qolgani xabar qilinmoqda. Qutqaruv-qidiruv işlari davom etmoqda.

Hozirda Qozoğiston hukumati tomonidan tuzilgan komissiya hodisa sabablarini örganmoqda.

Baʼzi taxminlarga köra, halokatga samolyot boşqaruv tizimining işdan çiqqani, ikkala dvigatelning bir vaqtda işlamay qolgani yoki parvoz vaqtida quşlar bilan töqnaşib ketilgani sabab bölgan bölişi mumkin.

Hodisadan söng, MDH davlat rahbarlarining norasmiy uçraşuvida iştirok etiş uçun Sankt-Peterburgda bölib turgan Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev şoşilinç ravişda Bakuga qaytib ketdi.

26-dekabr kuni Ozarbayjonda motam kuni deb eʼlon qilindi.

Şavkat Mirziyoyev samolyot halokati oqibatida köplab odamlar halok bölgani munosabati bilan Ozarbayjon va Rossiya prezidentlariga hamdardlik bildirdi.

👉@xushnudbek👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek