Öqituvçilarning maoşidan qölingizni torting, iltimos
❗️Öqituvçilarning maoşidan qölingizni torting, iltimos
Respublika Oliy taʼlim kengaşining hozirça rasman eʼlon qilinmagan 29-noyabrdagi bayonnomasiga köra, oliy taʼlimdagi öqituvçilarning bir kunlik iş haqini uşlab qoliş haqida ham band bor ekan.
Unda aytilişiça, 2025-yil yurtimizda "Atrof-muhitni asraş va "yaşil iqtisodiyot" yili" deb eʼlon qilingani munosabati bilan köçat ekiş, kökalamzorlaştiriş va obodonlaştiriş işlariga oliy taʼlim tizimidagi rahbar hamda professor-öqituvçilarning bir kunlik iş haqini "Yaşil makon" umummilliy loyihasiga yönaltiriş taşabbusi maʼqullanibdi.
Bu taşabbusni kim bergan deysizmi? Albatta, yana öşa oliygoh rektorlari bergan emiş. Qaysi rektorlar bu taşabbusni bildirgani maʼlum emas. Lekin agar şunaqa rektorlar rostdan bor bölsa, unda nomard ekan. Agar öşa rektorlarni körib qolsam "Xohlasangiz özingizning iş haqingizni 100 foizini ötkazib beravering, bu sizning işingiz, lekin öqituvçilarning oyligiga köz olaytirmang va birovning puliga xöjayinçilik qilmang" degan bölardim.
PROFESSOR-ÖQITUVÇILARGA ESLATMA:
❗️Agar xodim özi rozi bölmasa, köçat ekiş yoki obodonlaştiriş uçun iş haqidan uşlab qolinişi mumkin emas!!!
Çunki, Mehnat kodeksining 269-moddasiga köra xodimning yozma roziligi bölmay turib uning iş haqidan uşlab qolinişi mumkin emas. Şuningdek, mazkur moddada iş haqidan xodimning roziligisiz ham uşlab qolinişi mumkin bölgan holatlar sanab ötilgan bölib, ular orasida "Yaşil makon" umummilliy loyihasi nazarda tutilmagan!
Rozilik deganda har bir xodimning yozma roziligi nazarda tutiladi. Köp holatlarda şunçaki taşkilot xodimlarining jamoasi nomidan bitta umumiy bayonnoma qilinib, xuddiki öşa majlisda hamma xodim qatnaşgan-u, 1 kunlik iş haqini berişga rozi bölgani haqida yozib qöyiladi. Lekin aksariyat xodimlar buni bilmaydi ham. Aslida bu ham notöğri, bunaqa usul bilan xodimlarning iş haqidan uşlab qoliş NOQONUNIY! Har bir xodim özi şaxsan 1 kunlik iş haqini uşlab qolişga rozi ekanligi haqida imzo çekişi ŞART!
Agar qaysidir oliygohning buxgalterlari Respublika Oliy taʼlim kengaşining bayonnomasini peşa qilib, har bir professor-öqituvçining alohida yozma roziligini olmasdan, yoppasiga hammaning 1 kunlik iş haqini "Yaşil makon" loyihasiga ötkazib yuborsa, öşa buxgalterga nisbatan jinoiy iş oçiş kerak, deb hisoblayman.
✅ Hurmatli ustozlar,
Köçat ekin, obodonlaştiriş — bu xayrli özbekona urf-odatimiz. Imkoningiz bölsa, bunaqa işlarda albatta qatnaşing, atrofimizni yaşillaştirişda faol böling. Dinimizda köçat ekişning savobi ham katta.
Ammo 1 kunlik iş haqingizni qayergadir ötkaziş yoki ötkazmaslikni özingiz hal qiling. Bu sizning mutlaq ixtiyoringiz. Çunki siz u pulni peşona teringiz bilan halol işlab topgansiz, köçadan supurib olayotganingiz yöq. Özgalar sizdan söramasdan uni işlatişiga haqqi yöq. Şuni bilib qöysangiz, yomon bölmasdi. Haq olinur, berilmas!
Gap pulning qançaligida ham emas, şunçaki öqituvçining va özi umuman istalgan kasb egasining qadri bölişi kerak. Uning puliga heç kim tegmasligi şart! Bu juda muhim, prinsipial masala.
Imkoni bölsa, taşkilotingiz buxgalterini oldindan ogohlantirib qöying, sizning yozma roziligingizni olmasdan iş haqingizning 1 tiyiniga ham teginmasin.
- 11 Telegram Stars



