Muhim

Qoraqalpoğistonlik abituriyentlar uçun 500 ta maqsadli grant örniga röyxatdan ötiş boşlandi

Hujjat3-oktabr, 2026, 12:111 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzIkkinçi yönalişga kirganlarga birinçi yönalişda super-kontrakt qilişga ruxsat berildi. Qoraqalpoğistonlik yoşlar uçun 7 mingta qöşimça kvota ajratildi.

Qoraqalpog’istonlik_abituriyentlar_uchun_500_ta_maqsadli_grant.pdf

PDF · 240 KB

Yuklab olish

❗️Qoraqalpoğistonlik abituriyentlar uçun 500 ta maqsadli grant örniga röyxatdan ötiş boşlandi
#abituriyent

📝 2026/2027-öquv yili uçun davlat oliygohlarining bakalavriat taʼlim yönalişlariga ötkazilgan kiriş imtihonlarida 68,0 va undan yuqori ball töplab, kunduzgi taʼlim şakliga tölov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan, Qoraqalpoğiston Respublikasida doimiy yaşaydigan hamda umumiy örta, örta maxsus va kasbiy taʼlim taşkilotlarini mazkur hududda tamomlagan abituriyentlar 6-oktyabrga qadar yuqoridagi maqsadli qabul parametrlariga muvofiq tanlovda (talabalikka tavsiya etilgan oliy taʼlim taşkiloti va taʼlim yönalişi böyiça) iştirok etişlari mumkin.

📋 Nomzodlar my.uzbmb.uz orqali şaxsiy kabinetidan maqsadli tanlovda iştirok etişga rozi ekanligini bildirib röyxatdan ötişlari lozim.

🗓️ Röyxatdan ötgan abituriyentlarning ötkazilgan kiriş imtihonlari natijasiga köra, töplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda maqsadli qabul parametrlariga oid tanlov qaydnomalari çop etilib, rasmiylaştiriş uçun 10-oktyabrga qadar tegişli oliy taʼlim taşkilotlariga yetkaziladi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 1 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek