Qoraqalpoğiston yoşlari uçun qöşimça grant va tölov-kontrakt örinlari ajratildi
❗️Qoraqalpoğiston yoşlari uçun qöşimça grant va tölov-kontrakt örinlari ajratildi
Davlat qabul komissiyasi bayoniga muvofiq, 2025/2026-öquv yili uçun Qoraqalpoğiston yoşlari oliy taʼlimga qabulda quyidagi 3 ta qöşimça imkoniyatga ega böladi.
1️⃣ 1-imkoniyat. 2025-yil 24–30-sentyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasida doimiy yaşovçi va kiriş imtihonlarida 68 ball va undan yuqori natija körsatib, davlat oligohlarining kunduzgi taʼlim şakliga tölov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar 500 ta maqsadli qabul (1-3-rasmlar) parametrlari uçun röyxatdan ötadi.
Röyxatdan ötiş my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oşiriladi. Bunda abituriyentlar talabalikka tavsiya etilgan oliy taʼlim taşkiloti va taʼlim yönalişi (yaʼni özi kirgan oliygoh) böyiça tanlovda iştirok etadi.
Röyxatdan ötgan abituriyentlar ötkazilgan kiriş imtihonlari natijasiga köra töplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda maqsadli qabul parametrlariga tavsiya etiladi.
Tavsiya etilganlar röyxati belgilangan tartibda rasmiylaştiriş uçun tegişli oliy taʼlim taşkilotlariga yetkaziladi.
2️⃣2-imkoniyat. 2025-yil 29-sentyabrdan 6-oktyabrga qadar (şu kuni ham) Qoraqalpoğiston Respublikasida doimiy yaşaydigan hamda umumiy örta, örta maxsus va kasbiy taʼlim taşkilotlarini tamomlagan, jumladan, muayyan xorijiy va nodavlat oliy taʼlim taşkilotlariga tölov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan yoşlar uçun 200 ta maqsadli qabul (4-rasm) parametrlariga abituriyent sifatida röyxatdan ötiş imkoniyati yaratiladi.
Bunda:
➖röyxatdan ötiş my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oşiriladi;
➖röyxatdan ötgan abituriyentlar uçun 2025-yil 12-oktyabrga qadar test sinovlari ötkaziladi;
➖ötkazilgan test sinovlari natijasiga köra abituriyentlarning töplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda maqsadli qabul parametrlari doirasida tanlov natijalari belgilangan tartibda rasmiylaştiriş uçun 2025-yil 17-oktyabrga qadar oliy taʼlim taşkilotlariga yetkaziladi.
❗️Eslatma: röyxatdan ötgan abituriyentlardan Prezidentning PQ–4319-son (14.05.2025-y.) qaroriga muvofiq belgilangan miqdordagi tölov (206 ming söm) undiriladi.
‼️Muhim. 2025-yil 15-noyabrga qadar yuqoridagi 1- va 2-imkoniyatlarga muvofiq maqsadli grant örinlariga qabul qilingan talabalar bilan oliy taʼlim taşkilotini tamomlagandan keyin tegişli hududda 3 yil işlab beriş majburiyatini nazarda tutuvçi tört tomonlama (hududiy hokimlik, sohaviy davlat organi (taşkiloti), talaba va oliy taʼlim taşkiloti örtasida) şartnomalar rasmiylaştiriladi.
3️⃣3-imkoniyat. Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşining murojaatiga muvofiq Bilim va malakalarni baholaş agentligi tomonidan bakalavriat taʼlim yönalişlari kesimida tölov-kontrakt asosida respublika davlat oliy taʼlim taşkilotlariga qöşimça 7 ming 225 ta qabul parametrlari tasdiqlandi.
Bunda bazaviy tölov-kontrakt asosidagi qöşimça qabul parametrlari davlat oliy taʼlim taşkilotlarining bakalavriat taʼlim yönalişlariga abituriyent sifatida röyxatdan ötgan Qoraqalpoğiston Respublikasidagi umumiy örta, örta maxsus va professional (kasbiy) taʼlim muassasalarini tamomlagan, ötkazilgan kiriş imtihonlari natijalariga köra 56,7 va undan yuqori ball töplagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobidan şakllantiriladi.
Tanlov qaydnomalari tegişli oliy taʼlim taşkilotlariga belgilangan tartibda rasmiylaştiriş uçun yetkaziladi. Yaʼni uçinçi imkoniyat uçun ariza beriş şart emas, kimlar öqişga kirgani ballar ketma-ketligiga qarab avtomat ravişda aniqlanadi va oliygohlarga röyxati yuboriladi. Oliygohlar talabalar bilan boğlanib, özi çaqiradi.
👉 @xushnudbek 👈


