Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

Qoraqalpoğistonda öquvçilarga bepul tuşlik beriş töliq taşkil etilmagani tanqid qilindi

Matn2-noyabr, 2022, 15:061 daqiqa0 koʻrish

Qoraqalpoğistonda öquvçilarga bepul tuşlik beriş töliq taşkil etilmagani tanqid qilindi. Holat yuzasidan tekşiruv ötkaziladi

Bu haqda ÖzA muxbiri xabar bermoqda.

Yangi öquv yilida Xorazm viloyatida keytering usulida 1-4 boşlanğiç sinf öquvçilari uçun bepul tuşlik beriş 94 foiz maktablarda yölga qöyilgan bölsa, Qoraqalpoğistonda tender tanlovlarini ötkaziş davom etayotganligi bois uşbu amaliyot hali töliq boşlanmagani haqida maʼlumot berildi.

Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi raisi Qahramon Sariyevning maʼlum qilişiça, tender savdolarining bir qismi yakunlanib, 19-sentabrdan boşlab ayrim maktablarda bepul tuşlik beriş boşlangan. Şuningdek, oktabr oyida ham tender tanlovlari davom ettirilgan, tez orada oxirgi tender savdolari ötkazilişi rejalaştirilmoqda.

Sardor Umurzakov Prezidentning xayrli taşabbusi ijrosiga nisbatan masʼullarning bunday sustkaşlikka yöl qöygani uçun eʼtiroz bildirdi. Gap boşlanğiç sinf öquvçilarining ovqatlari haqida ketayotganini, bu masalaga mutlaqo panja ortidan qaraş mumkin emasligini, davlat byudjetidan barça tegişli mablağlar ajratilib, moliyaviy masala birorta muammo yöqligini alohida taʼkidladi.

Qoraqalpoğistonda öquvçilarga bepul tuşlik tarqatilişi töliq yölga qöyilmagani yuzasidan Xalq taʼlim vazirligi, Boş prokuratura hamda Hisob palatasi vakillari iştirokida tekşiriş ötkazilişi maʼlum qilindi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek