Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Qarşida xotin-qizlar uçun zöravonlikdan himoya könikmalari böyiça bepul maşğulotlar ötkaziladi

Matn21-noyabr, 2023, 12:361 daqiqa0 koʻrish

2023-yil dekabr oyidan boşlab Qarşi şahridagi suv sporti majmuasida uç oy davomida ötkaziladigan maşğulotlar xotin-qizlarga jismoniy zöravonlikdan himoya qiliş texnikasi va könikmalarini örgatiş, nizolarni hal qiliş, stressni boşqariş va öziga ishonch hissini rivojlantirişga qaratilgan.

Maşğulotlar ikki guruhda bölib ötadi. A guruhida 13 yoşdan 17 yoşgaça bölgan qizlar, B guruhida esa 18 yoşdan oşgan ayollar qatnaşadi.

Maşğulotlar mutlaqo bepul. Iştirokçilar qatnaşiş uçun taqdim etilgan arizalarga köra tanlab olinadi. Arizalar 25-noyabrgaça qabul qilinadi.

A guruhiga ariza topşiriş
//
B guruhiga ariza topşiriş

Bunday maşğulotlar respublikaning boşqa viloyatlarida ham taşkil etilişi rejalaştirilgan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek